


Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida xalqaro darajadagi yetuk mutaxassis, oliy toifali jarrohKudzaev Kazbek Urusxanovichbilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda
Toshkent davlat tibbiyot universitetida xalqaro darajadagi yetuk mutaxassis, oliy toifali jarroh Kazbek Urusxanovich Kudzaevning “Plastik jarrohlikda zamonaviy innovatsion usullarini qo‘llash” mavzusidagi ma’ruzasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur uchrashuv davomida mutaxassisning tibbiyotdagi hayotiy va kasbiy faoliyati, boy klinik tajribasi, murakkab jarrohlik holatlari hamda zamonaviy plastik jarrohlikdagi innovatsion yondashuvlar haqida so‘z yuritilmoqda.
Tadbirda klinik ordinatorlar, magistrantlar, professor-o‘qituvchilar va yosh mutaxassislar faol ishtirok etmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz!