








Toshkent davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qadimiy va muhtasham Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Imom al-Buxoriy majmuasi, Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi kabi dunyoga mashhur tarixiy obidalarni ziyorat qilib, yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif ishtirokchilarga nafaqat milliy qadriyatlarimiz va tariximizni chuqur anglash, balki buyuk ajdodlarimizning jahon ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasini yana bir bor his etish imkonini berdi. Shuningdek, ushbu sayohat professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida jamoaviylik, hamjihatlik va do‘stona muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Tashrif yakunida ishtirokchilar boy taassurotlar bilan qaytib, O‘zbekistonning bebaho madaniy merosi va tarixiy obidalariga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini yana bir bor ifoda etdilar.
Rasmiy sahifalarimiz!