
«Yangi O‘zbekiston talabalari Respublika olimpiadasi«ning futbol bo‘yicha Toshkent shahar bosqichi A.B,S guruhlarga bo‘lib o‘tkazilmoqda. 11–12 may kunlari o‘tkazilgan futbol musobaqalarining Toshkent shahar bosqichida Toshkent tibbiyot universitetining futbol jamoasi С guruhida (18 ta jamoa ishtirok etgan) muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Jamoamiz musobaqa davomida yuqori mahorat, jipslik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodani namoyon etdi. Final uchrashuvida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti futbol jamoasi ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, ikki kun avval voleybol bo‘yicha o‘g‘il bolalar jamoasi hamda basketbol bo‘yicha qizlar va o‘g‘il bolalar jamoalari o‘z guruhlarida 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan edilar.
Ayni paytda universitetimizning 4 ta jamoasi “Yangi O‘zbekiston talabalari Respublika olimpiadasi”ning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu esa talabalarimiz orasida sportga bo‘lgan qiziqish, intilish va g‘alaba sari qat’iy harakat tobora yuksalib borayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
Barcha sportchi talabalarimizni, murabbiylarini hamda universitet jamoasini ushbu katta yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!Respublika bosqichida ham ularga ulkan zafarlar, muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimiz!