






Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tyutorlari Mirtazayeva N.A. hamda Xakimova Sh.S. tomonidan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish hamda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Shu munosabat bilan talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarning vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlash, tarixiy xotiraga hurmat hamda milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida 2026-yil 8-may kuni “O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyi”ga tashriflar amalga oshirildi.
Mazkur tashriflarning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni huquq-tartibot tizimining shakllanish tarixi, prokuratura organlarining davlat boshqaruvidagi o‘rni hamda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilgan soha xodimlarining hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Tashriflar davomida talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, burchga fidoyilik, jasorat va matonat kabi yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar ongida milliy g‘urur, tarixiy xotiraga hurmat hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik hissini mustahkamlashga xizmat qildi.
Rasmiy sahifalarimiz:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn