Ayni damda Toshkent shahar Yoshlar markazida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan bitiruvchi yoshlar uchun “Mehnat yarmarkasi va workshop” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida “Rahbar

va yoshlar uchrashuvi” ham tashkil etilgan.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Unda universitet rahbariyati, Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arziqulov, soha mutaxassislari hamda bitiruvchi talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, tibbiyot sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari, zamonaviy mehnat bozori talablari va professional rivojlanish masalalari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, workshop sessiyalarida talabalar amaliy tavsiyalar, kasbiy yo‘nalishlar va kelgusidagi faoliyatlari uchun muhim bilimlarga ega bo‘lmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Leave a comment