«Debyut» vaynerlar maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi!

«Debyut» vaynerlar maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi! Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Darslar media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.

“Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim” deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilib, professional bilimlar poydevorini yaratishingiz mumkin.

Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:

18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.

Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan. Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq @debyutuzbot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

Leave a comment