









Mazkur tadbirda universitetning “Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bo‘limi” xodimlari hamda “Odam anatomiyasi va OXTA”, “1-son Travmatologiya va ortopediya”, “Atrof-muhit gigiyenasi”, “Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi” kafedralari professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar texnikum faoliyati, Toshkent davlat tibbiyot universitetida yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti va mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarga tibbiyot sohasi, ta’lim yo‘nalishlari va kelgusidagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, universitetning kasbga yo‘naltirish ishlari doirasida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etildi.Tadbir davomida o‘quvchilar:Texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
Zamonaviy kasb va mutaxassisliklar haqida ma’lumot oldilar
O‘quv jarayoni hamda amaliy mashg‘ulotlarni kuzatdilar
Ustozlar va talabalar bilan samimiy suhbat qurdilar
2026–2027 o‘quv yili uchun yangi ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishdilar
Kelajakda shifokor bo‘lishni maqsad qilgan yoshlar uchun universitetda yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy o‘quv muhiti va ta’lim jarayonlari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni tibbiyot kasbiga qiziqtirish, ularda sog‘liqni saqlash sohasiga nisbatan mehr, mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Tadbir ishtirokchilari uchun ushbu uchrashuv kelajakda tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz!