TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI VOLEYBOL TERMA JAMOALARI MUNOSIB ISHTIROK ETDI!
“Talabalar ligasi” doirasida o‘tkazilgan Respublika bosqichi musobaqalarida Toshkent davlat tibbiyot universitetining qizlar va yigitlardan tashkil topgan voleybol terma jamoalari “B” guruh bahslarida munosib ishtirok etib, o‘zlarining chiroyli va mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozondi.
Musobaqada Respublikadagi eng kuchli jamoalar ishtirok etganiga qaramasdan, jamoamiz har bir uchrashuvda yuqori mahorat, jangovor ruh va haqiqiy sportchilarga xos iroda namoyish etdi.
Ayniqsa, jamoalarimiz maydondagi ahilligi, tezkor harakatlari hamda texnik jihatdan puxta tayyorgarligi bilan ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Shu bilan birga, Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan tengqur sportchilar bilan tajriba almashish jamoamiz uchun katta tajriba maktabi vazifasini o‘tadi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti voleybol terma jamoalariga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

