Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovda Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti hamda 2-pediatriya fakuktet i talaba-qizlardan iborat ishtirokchi jamoalar o‘zlarining tanishtiruv chiqishlari, erkin mavzudagi sahna ko‘rinishlari, san’at yo‘nalishidagi qiziqishlari, zukkoligi, sahna madaniyati hamda jamoa oldida o‘zini tutish mahorati, tezkorligi va chaqqonligi bilan ajralib turishdi. Ishtirokchilar tomonidan bajarilgan har bir shart tanlovning naqadar puxta va izchil tashkil etilganini yana bir bor namoyon etdi.

Tanlov yakunida Xotin-qizlar kengashi tomonidan g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tanlovning 2-bosqichi — universitet bosqichida o‘zaro bellashadilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment