





Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan 1-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi bilan xamkorlikda olib borilayotgan ishlar…
Professional ta’lim muassasalari bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan 1-Respublikasi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari universitetga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mehmonlar universitetning zamonaviy Simulyatsion markazi, TDTU muzeyi hamda kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘quv jarayonining ilg‘or usullari va yaratilgan shart-sharoitlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Shuningdek, ularga universitetning boy tarixi, shakllanish va taraqqiyot bosqichlari, hamda tibbiyot sohasida erishilgan yuksak natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasi assistenti, texnikum bilan hamkorlik bо‘yicha kafedra mas’uli B.F.Tursunov tomonidan o‘tkazilgan kasbga yo‘naltiruvchi davra suhbati o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uchrashuv davomida mehmonlar bilan samimiy muloqot o‘rnatilib, ularga kelgusidagi ta’lim va kasb tanlash masalalari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Bunday tadbirlar tibbiyot sohasida tahsil olayotgan yoshlar uchun nafaqat kuchli motivatsiya manbai, balki ularning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy tajriba maktabi sifatida xizmat qilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz!