


O‘zbekiston Respublikasi Vaziralar Mahkamasining 2026 yil 28 yanvardagi VMQ-34 “Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbilash samaradorligini oshirish” dasturining 2 ilova 6 bandi “Oliy ta’lim tizimida Sog‘lom avlod-millat kelajagi” va “ Ekofaol yoshlar” loyihalarini amalga oshirish maqsadida 2026-yil 14-may kuni TDTU Atrof muhit gigiena kafedrasi majlislar zalida “Aholining ekologik bilim darajasi va sog‘lom turmush tarziga rioya etish o‘rtasidagi bog‘liqlik” mavzusida ekofaol yoshlar bilan Atrof muhit gigiyenasi kafedrasida tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni Atrof muhit gigenasi kafedrasi mudiri t.f.d., professor F.I.Salomova ochib berdi. F.I.Salomova yig‘ilgan talaba hamda kafedra xodimlariga tadbirning mazmun mohiyati to‘g‘risida gapirib, so‘zni Qozog‘iston Respublikasi S.D.Asfendiyarov nomli Qozoq milliy tibbiyot Universiteti jamoat salomatligi kafedrasi professori Anambaeva Aygul Ibadullaevnaga berdi. Aygul Ibadullaevna xozirgi kundagi global muammolardan biri bo‘lgan ekologik muhitning buzilishi, antropogen ifloslanishlar xamda uning tashvishli oqibatlari xaqida gapirdi. Kafedraning dotsenti L.K.Abdukadirova yig‘ilgan yoshlarga sog‘lom turmush tarzi va uni tashkil etuvchi elementlar, shaxsiy gigiena sog‘lom turmush tarzining asosi ekanligi xaqida gapirdi. U o‘z so‘zini yakunida sog‘lom turmush tarziga amal qilish- xar bir insonnig salomatligi yo‘lidagi eng sobit qadam ekanligini, sog‘lom turmush tarziga amal qilish uchun inson yuksak ma’naviyatli, qattiyatli, irodali bo‘lmog‘i lozim dedi. Tadbir davomida yig‘ilgan yoshlar o‘z fikr va muloxazalari bilan so‘zga chiqdilar. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar va qoniqarli javob oldilar. O‘tkazilgan xalqaro ekofaol yoshlar tadbiri nufuzli va qiziqarli bo‘lib o‘tdi.
Rasmiy sahifalarimiz:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn