Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026-yil 13–14-may kunlari ilk bor Qozog‘iston Respublikasining Astana tibbiyot universiteti tashabbusi bilan “Fan va sog‘liq: Astana–Toshkent” mavzusida I

xalqaro yosh olimlar konferensiyasi o‘tkazildi.

Mazkur konferensiya tashkilotchilari sifatida Astana tibbiyot universitetining Ichki kasalliklar №3 kafedrasi dotsenti Jussupbekova L.I. hamda Toshkent davlat tibbiyot universitetining Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar №1 kafedrasi (preventiv tibbiyot asoslari bilan) professori Nurillayeva N.M. faoliyat olib bordilar.

Konferensiyada ikki davlatdan rezidentlar, magistrlar, yosh olimlar va doktorantlar ishtirok etdilar. Taqdim etilgan ilmiy ishlanmalar ichki kasalliklar sohasiga oid bo‘lib, ichki a’zolar kasalliklarining klinik-diagnostik xususiyatlari hamda ularni davolash masalalarini qamrab oldi.
Konferensiya doirasida “Tibbiyotda sun’iy intellekt” mavzusida tanlov ham o‘tkazildi. Unda 6 nafar ishtirokchi qatnashib, yakuniy bosqich natijalariga ko‘ra Toshkent davlat tibbiyot universiteti kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori F.B. Abdumalikova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Konferensiya materiallari Astana tibbiyot universitetining ilmiy jurnalida chop etilishi rejalashtirilgan.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment