XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI

Toshkent davlat tibbiyot universitetida tibbiyot sohasi rivoji, ilmiy izlanishlar va zamonaviy yondashuvlarga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tibbiyotning dolzarb masalalari, innovatsion diagnostika va davolash usullari, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro tajribalar yuzasidan mazmunli ma’ruzalar tinglandi.
MDH davlatlaridagi 30 dan ortiq nufuzli Oliy ta’lim muassasalarining 300 dan ortiq talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida faol ishtirok etgan barcha mutaxassislar, mehmonlar, tashkilotchilar hamda yosh tadqiqotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Ilm-fan taraqqiyoti va tibbiyot rivoji yo‘lida bunday anjumanlar yanada ulkan yutuqlarga xizmat qiladi!“Yoshlar akademiyasi – ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”TelegramInstagramYou Tube

Leave a comment