IQTIDORLI YOSHLAR FESTIVALI

19-may kuni soat 16:00 da barcha san’at ixlosmandlari bo‘lgan yoshlarimizni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Talabalar turar joyi maydonida joylashgan muhtasham sahnamizga taklif etamiz!
Ushbu kuni universitetimizda faoliyat olib borayotgan:
“Estrada xonandaligi”
“Raqs to‘garagi”
“Nota savodi va garmoniya asoslari”
“Milliy cholg‘u”
“An’anaviy maqom”
“Folklor”
to‘garaklari, “San’at” bo‘limi hamda universitet “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida “Iqtidorli yoshlar festivali” nomli badiiy havaskorlik to‘garaklari a’zolarining hisobot konserti bo‘lib o‘tadi.
Konsert dasturida sizni:
— jonli ijrolar
— milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar
— betakror raqslar
— xalq og‘zaki ijodi namunalari
— tomoshabinlar ishtirokida karaoke
— yosh iste’dod egalari chiqishlari kutmoqda!
San’at va ijod bayramini birgalikda nishonlaymiz!
Barchangizni kutamiz!
Tashkilotchi: Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo’limi
#IqtidorliYoshlarFestivali#TashMedUni#Badiiy havaskorlik to’garaklari
#NavoShifo

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment