




Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” hamda “Kasbiy ta’lim (Davolash ishi)” ta’lim yo‘nalishlari 6-kurs talabalari uchun “Dispansarizatsiya va tibbiy ekspertiza hujjatlarini yuritish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar universitet rektorining 2026-yil 12-maydagi 1990-son buyrug‘iga asosan universitet O‘quv-uslubiy departamenti va tegishli dekanatlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, seminar davomida aholini dispansar kuzatuviga olish, tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri va sifatli yuritish, nogironlik hamda mehnatga layoqatsizlikni aniqlash bo‘yicha tibbiy ekspertizani tashkil etish bilan bog‘liq dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar o‘qilmoqda.
Mazkur seminar 1-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi, 2-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi, Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlash menejmenti va jismoniy tarbiya kafedrasi, 1-son Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar va preventiv tibbiyot asoslari kafedrasi, 2-son Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi, Oilaviy shifokorlik №1, jismoniy tarbiya, FM kafedrasi, Oilaviy shifokorlik №2, klinik farmakologiya kafedrasi, Ichki kasalliklar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 3-, 7-, 54-son oilaviy poliklinikalaridan taklif etilgan mutaxassislar tomonidan o‘tkazilmoqda.
Seminar bitiruvchi kurs talabalarining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan hujjatlar bilan ishlash malakasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz: