18 may — Xalqaro muzeylar kuni

18 may — Xalqaro muzeylar kuni
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiyot tarixi muzeyida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda muzey ixlosmandlari muzeyga tashrif buyurib, tarixiy eksponatlar va tibbiyot sohasining boy merosi bilan yaqindan tanishmoqdalar. Muzeyda qiziqarli suhbatlar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va ekskursiyalar tashkil etildi.
18 may kuni butun dunyoda Xalqaro muzeylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston muzeylarida an’anaviy “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilmoqda.
Muzeylar — xalq tarixi, madaniyati va ma’naviy merosini saqlovchi muqaddas maskan hisoblanadi.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment