Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash

hamda yoshlarning tibbiy bilimlarini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 13-may kuni universitet mutaxassislari Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar uchun “Revmatoidli artrit kasalligi” mavzusida mazmunli seminar o‘tkazdilar.

Seminar davomida revmatoidli artrit kasalligining kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, zamonaviy tashxislash usullari, davolash tamoyillari hamda profilaktika choralariga oid muhim ma’lumotlar o‘quvchilarga sodda va tushunarli tarzda yetkazildi. Shuningdek, kasallikning erta aniqlanishi va to‘g‘ri davolanishining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Mazkur seminar o‘quvchi-yoshlarning tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘rtasidagi hamkorlik kelgusida ham izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment