Toshkent davlat tibbiyot universitetida Abdulla Qodiriy tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

10-may— buyuk adib Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

​O‘zbek romanchiligi asoschisi, milliy uyg‘onish davri adabiyotining yirik vakili Abdulla Qodiriy tavalludining yilligi munosabati bilan uning boy adabiy merosi va millat taqdiridagi o‘rni yod etildi.
​Adibning o‘lmas asarlari — milliy g‘urur va vatanparvarlikning yuksak timsolidir. Uning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” kabi durdonalari har bir avlod uchun haqiqiy ma’naviyat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

​

“O‘zbekning o‘z o‘rnini topishi, o‘z so‘zini aytishi — bizning oliy maqsadimizdir.”
​Bugun ajdodlarimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, ularning pok nomini ulug‘lash va asarlarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish barchamizning sharafli burchimizdir.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 214-DI guruh talabasi Safarova Xonzodabegim
​Buyuk adib xotirasi mangu yashaydi!
​Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti tyutori: F.M.Shamudinova

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment