






tashkil etildi.
2026-yil 18-may kuni 19-may — Butunjahon oilaviy shifokorlar kuni munosabati bilan universitetning 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar va preventiv tibbiyot asoslari kafedrasi tomonidan “Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini tizimida profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.
Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi oilaviy shifokorlar amaliyotida ko‘p uchraydigan kasalliklarni erta tashxislash, samarali davolash va ularning oldini olish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari taqdim etilib, ularni kundalik klinik amaliyotga joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Anjuman doirasida yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, arterial gipertenziya, temir tanqisligi, gipodinamiya hamda qon ivish tizimidagi buzilishlar kabi xavf omillarini erta aniqlash va bartaraf etish, komorbid holatlarni kompleks davolash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, birlamchi tibbiy tizimda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning afzalliklari keng muhokama qilindi.
Konferensiyada xorijiy va respublika miqyosidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etib, o‘z ilmiy izlanishlari natijalari bilan o‘rtoqlashdilar. Mazkur ilmiy-amaliy tadbir tibbiyot sohasida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda birlamchi bo‘g‘in tizimida tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimiz!