




, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar. Tadbir davomida talabalarga 2025–2026 o‘quv yilida o‘tkaziladigan Yakuniy davlat attestatsiyasining tashkiliy jihatlari, baholash mezonlari va imtihon bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, bu yil universitet bo‘yicha jami 1613 nafar bitiruvchi YADA jarayonlarida ishtirok etadi. Uchrashuvda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati talabalar bilan muloqot qilib, ularning imtihonlarga tayyorgarlik darajasi, mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilimlari hamda kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.
YADA raisi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Gastrointestinal va minimal invaziv xirurgiya bo‘limi ilmiy rahbari, professor Askar Anvarovich Adilxodjayev talabalarga imtihon jarayonlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini to‘liq namoyon etishlarini tilab, bo‘lajak shifokorlar uchun mazkur sinov muhim bosqich ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, YADA raisi muovini, professor Ilhomjon Asamovich Karimjonov ham talabalarga murojaat qilib, amaliy ko‘nikmalar, klinik fikrlash va vaziyatli masalalarni yechishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida tushuntirish berdi. Uchrashuv davomida YADAning bosqichlari, test sinovlari, OSKE jarayonlari va amaliy ko‘nikmalar baholanishi haqida ham keng ma’lumotlar berildi. Imtihonlar terapiya, xirurgiya, akusherlik-ginekologiya va pediatriya kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilishi, simulyasiya markazlari hamda test markazlarida o‘tkazilishi ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar. Uchrashuv talabalarning Yakuniy davlat attestatsiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashiga xizmat qildi.
Rasmiy sahifalarimiz!