Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasi

professor-o‘qituvchilari ishtirokida  tashrif tashkil etildi.

Yurtimizda imkoniyati cheklangan yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda jamiyatga moslashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda tashkil etilgan mazkur tashrif ham ta’lim sifatini oshirish, talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qildi.

Tashrifda “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasi mudiri, professor Ashurov Z.Sh., shuningdek Yadgarova N.F., Gopurova G.F., Kevarkova M.A., Rajapov M.Sh. va hamkorlik ishlari bo‘yicha mas’ul O‘rolova D.A. ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yoshlarni kasbiy yo‘naltirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Kafedraning katta o‘qituvchisi Kevarkova M.A. hamda assistentlar Rajapov M.Sh. va O‘rolova D.A. tomonidan “Sog‘lom hayot tarzi” mavzusida mazmunli ma’ruza o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — maxsus ehtiyojli talabalar bilan ishlashda zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar bilan tanishish, o‘zaro tajriba almashish hamda ilmiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur tashrif va hamkorlik doirasidagi tadbirlar yoshlar uchun nafaqat kuchli motivatsiya manbai, balki ularning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, amaliy tajribalarini boyitish hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiluvchi muhim amaliy platforma hisoblanadi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment