




Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Yangiyo’l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi bilan xamkorlikda olib borilayotgan ishlar
Professional ta’lim muassasalari bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Yangiyo’l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga Toshkent Davlat tibbiyot universiteti 2-son davolash fakulteti, Akusherlik va ginekologiya, reproduktologiya kafedrasi mudiri Shukurov F.I. boshchiligida kafedra xodimlari tashrif buyurishib, kafedra assistenti PhD Gulommahmudova D.V., va assistent Rajapova G.F. tomonidan «Normal tug’ruq» mavzusida ochiq dars o’tkazildi.
Bundan tashqari, “Akusherlik va ginekologiya, reproduktologiya” kafedrasi mudiri Shukurov F.I., texnikum bilan hamkorlik bо‘yicha kafedra mas’uli Gaybullayeva D.F., va kafedra professorlari tomonidan o‘tkazilgan kasbga yo‘naltiruvchi davra suhbati o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uchrashuv davomida mehmonlar bilan samimiy muloqot o‘rnatilib, ularga kelgusidagi ta’lim va kasb tanlash masalalari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Rasmiy sahifalarimiz!