
Xalqaro oilalar kuni har yili 15-may sanasida nishonlanadi. Ushbu sana BMT Bosh Assambleyasining 1993-yildagi A/RES/47/237 rezolyutsiyasi bilan e’lon qilingan bo‘lib, xalqaro hamjamiyat tomonidan oilaga qaratilayotgan yuksak e’tibor va e’tirofni aks ettiradi.
15-may kuni Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan universitet magistrlari va talabalari ishtirokida “Mustahkam oila — jamiyat tayanchi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘z. Res. Kreminologiya tadqiqot instituti ilmiy hodimi-kapitan Ubaydullaeva D.A., 1-Pediatriya va xalq tabobati fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Usta-Azizova D.A., Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 90 dan ortiq magistr va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida oilaviy qadriyatlar, yoshlar tarbiyasi, oila muqaddasligi va jamiyatdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Rasmiy sahifalarimiz!