
soni yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yil davomida mutolaa qilingan badiiy va ilmiy asarlar yuzasidan talabalar o‘rtasida qiziqarli bellashuv tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, tahliliy fikrlashi hamda kitobxonlik madaniyatini namoyon etib, faol qatnashdilar. Bellashuv jarayonida asar qahramonlari, mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati hamda mualliflar ijodi bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida “Mutolaa maskani” to‘garagining bir yillik faoliyati sarhisob qilinib, faol ishtirok etgan talabalar, g‘oliblar hamda tashabbuskor yoshlar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu to‘garak talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Tadbir ko‘tarinki ruhda, samimiy va iliq muhitda yakunlandi.
Mas’ul tyutor: F.M. Shamudinova, Fakultet YoBIB dekan o‘rinbosari: A.K. Xudoyberdiyev, Tyutorlar: N.N. Sa’dullayeva, S.X. Asamova, Sh.R. Xamraliyeva, MedDominus klubi rahbari va o‘rinbosari: J.R. Abdiqodirov, D.B. Bahodirova, To‘garak rahbari: S.N. Talatova
Rasmiy sahifalarimiz!