Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Dermatologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: ta’lim, amaliyot, innovatsiyalar” mavzusida xalqaro o‘quv-uslubiy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman TDTU 1-son Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi tomonidan tashkil etilib, unda dermatovenerologiya, yuqumli kasalliklar, tibbiy ta’lim hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Moderatorlar:
Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Xaitov Qaxramon Najmitdinovich
1-son Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi mudiri, professor Tashkenbayeva Umida Alisherovna

Anjumanda Qozog‘istonning Semey Medical University (Semey tibbiyot universiteti) vakillari ham faol ishtirok etib, xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlik doirasida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Xususan, dermatovenerologiya, immunologiya va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi professorlari:
Smail Erbol Muslimovich
Maukaeva S.B.tomonidan:
“Yuqumli kasalliklar fanini o‘qitishda zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalari”
“Yuqumli kasalliklarni o‘qitishda simulyatsiya texnologiyalaridan foydalanish” mavzularida ma’ruzalar taqdim etildi.
Ma’ruzalarda:
simulyatsion texnologiyalar
interaktiv ta’lim usullari
klinik fikrlashni rivojlantirish
raqamli pedagogika
innovatsion tibbiy ta’lim yondashuvlari haqida batafsil fikr almashildi.
Anjumanda professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, rezidentlar, magistrlar va talabalar faol qatnashib, xalqaro tajriba almashinuvi muhitini yaratdilar.
Mazkur xalqaro anjuman TDTU va Semey Medical University o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda tibbiy ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Barcha ishtirokchilarga, ma’ruzachilarga va tashkilotchilarga samarali ilmiy muloqot hamda mazmunli chiqishlar uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment