







Mazkur uchrashuvda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati hamda universitetning Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali talabalari ishtirok etmoqda. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiziqtirayotgan masalalarni ochiq muloqot orqali muhokama qilish, shuningdek, ta’lim jarayonidagi taklif va muammolar yuzasidan fikr almashishdan iborat.
Tadbir davomida talabalarning startap loyihalari, filial rahbariyati tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik, amaliyot jarayonlari hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda talabalar tomonidan bildirilayotgan takliflar, murojaatlar va tashabbuslar tinglanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilash rejalashtirilgan.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tayotgan mazkur uchrashuv yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ularning faolligini oshirish hamda kelgusidagi rejalarni birgalikda belgilashda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube