“TALABA FEST” DOIRASIDA IQTIDORLI YOSHLARNING HISOBOT KONSERTI BO‘LIB O‘TDI

2026-yil 19-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Talabalar turar joyi maydonida “Talaba Fest” festivali doirasida badiiy havaskorlik to‘garaklari a’zolarining hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Festival davomida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy qadriyatlar va zamonaviy madaniyatni targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir universitetning Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi tasarrufidagi badiiy havaskorlik to‘garaklari rahbarlari hamda ijodkor talabalar tomonidan tashkil etildi.
Konsert dasturida universitetimizda faoliyat olib borayotgan: “Estrada xonandaligi”
“Raqs to‘garagi”
“Nota savodi va garmoniya asoslari”
“Milliy cholg‘u”
“An’anaviy maqom”
“Folklor”to‘garaklari a’zolari o‘zlarining ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
Festival davomida jonli ijrolar, milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, betakror raqslar, xalq og‘zaki ijodi namunalari hamda yosh iste’dod egalari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Mazkur tadbir universitet Talabalar turar joyi direksiyasi hamda “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida tashkil etildi. Tadbir yakunida o’quv yil davomida faol hamkorlik qilib kelayotgan to‘garak rahbarlari va ijodkor talabalarga universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Turdiqul Akramovich Bobomurodov tomonidan tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment