“TALABA FEST” — YOSHLAR IJODI VA SAN’AT BAYRAMI

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Talaba Fest” festivali doirasida to‘garak rahbarlari va ijodkor talaba-yoshlarning hisobot konserti ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Festival davomida talabalar tomonidan jonli ijrolar, milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda folklor chiqishlari namoyish etildi. Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va iste’dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Konsert yakunida faol to‘garak rahbarlari va ijodkor talabalar universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Turdiqul Akramovich Bobomurodov tomonidan tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin “Talaba Fest” — yoshlar qalbida san’at va ijodga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlovchi unutilmas festival bo‘ldi!

Leave a comment