Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi tomonidan xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbir universitetda xorijiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida amalga oshirildi. Tasdiqlangan tashrif dasturi asosida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limining Davlat ommaviy ilmiy-texnik kutubxonasi direktorining xalqaro aloqalar bo‘yicha yordamchisi, tarix sohasi mutaxassisi Y.V. Pshenichnaya joriy yilning 8–12-may kunlari kafedrada o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordi.

Seminarlar davomida “Uzluksiz tibbiy ta’lim tizimida badiiy adabiyot: nazariy va amaliy jihatlar”, “RFA SBDO ITK va akademik E.N. Meshalkin nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqot markazining hamkorlikdagi loyihasi – ‘O‘qish vaqti’”, shuningdek “RFA SBDO ITKning tibbiyot tashkilotlari bilan ilmiy va ta’limiy hamkorligi” mavzulari keng yoritildi.

Mashg‘ulotlarda professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda magistrlar faol ishtirok etib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, tibbiyot sohasida badiiy adabiyotning o‘rni va ahamiyati yuzasidan muhim bilimlarga ega bo‘ldilar. Seminarlar ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar shaklida tashkil etilib, ishtirokchilar uchun yuqori ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etdi.
Mazkur xalqaro seminarlar Toshkent davlat tibbiyot universitetida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy bilim va tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment