Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar

Professional ta’lim muassasalari bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga Toshkent Davlat tibbiyot universiteti “Terapevtik stomatologiya propedevtikasi” kafedrasi mudiri. U.A.Shukurova boshchiligida kafedra xodimlari tashrif buyurishib, kafedra professor-o’qituvchilari S.X.Yusupalixodjayeva, N.A.Yulbarsova, SH.K.Musashayxova, S.Y.Jumayev G.B.Ishniyazovalar «Karies haqida tushuncha» mavzusida ochiq dars o’tkazildi.
Tadbir davomida o’quvchi-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, tajribali ustozlardan zarur tavsiya va yo’l-yo’riqlar oldilar. O’zaro muloqot ochiq va samimiy ruhda o’tib, bilim almashish uchun samarali maydon yaratdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning tibbiyot sohasiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni aniq maqsad sari yo’naltirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga mustahkam zamin yaratishda mihim ahamiyat kasb etdi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment