Universitetda talaba-yigitlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga qiziqishni yanada kuchaytirish hamda yoshlar orasida jismoniy faollikni oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Rektor kubogi” doirasidagi stol tennisi musobaqalari katta shiddat va yuqori raqobat ruhida o‘tdi.
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar tezkor harakatlari, aniq zarbalari va yuqori mahoratlari bilan ajralib turdi. Har bir o‘yin tomoshabinlarga qiziqarli va keskin lahzalarni taqdim etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra,
1-o‘rin — Xalqaro fakultet talabasi Jam Rushan Sikandar.
2-o‘rin — 1-son Davolash fakulteti talabasi Abdug‘afforov Ziyodjon Abduqahhor o‘g‘li.
3-o‘rin — 1-son Davolash fakulteti talabasi Valijonov Azizbek Azamatjon.
Musobaqa mas’uli: Z.B. Fayziyev.


