




Talabalar ishtirokida jazoni ijro etish muassasasiga targ‘ibot-tashrif tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 207-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida respublika hududidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun jazoni ijro etish muassasalariga tashriflarni tashkil etish bo‘yicha belgilangan jadval asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur topshiriqlar doirasida 2026-yil 19-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan navbatdagi targ‘ibot-tashrif tadbiri tashkil etildi. Unda Yashnobod tumani IIO FMB 2-sonli IIB profilaktika katta inspektori, podpolkovnik V.T. Qurbonov, 3-Davolash fakulteti tyutorlari – J.F. Safarov, Irgashev O. A, Baykabilova D. T, M. A Jórayeva , N.I. Muratova va mazkur tyutorlar rahbarligidagi guruh talabalari ishtirok etdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Birinchi mintaqaviy hududiga qarashli 51-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi. 51-son manzil-koloniyasi boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Dexqonov Bobomurod Tajimamatovich, 51-son manzil koloniyasi Yuridik ta’minlash guruhi katta yuriskonsulti mayor Avalbayeva Feruza Gaffarovnalar tomonidan hozirgi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularning mehnat faoliyati va kasbga yo‘naltirilishi, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir talabalarda huquqiy ongni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jinoyatchilikka qarshi immunitetni mustahkamlashga xizmat qildi.
Rasmiy sahifalarimiz!