Tibbiyot universitetida kiber xavfsizlik va moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan uchrashuv-seminar o‘tkazildi

Topshiriq ijrosi doirasida Tibbiyot universiteti xodimlari va talabalari hamda Orient Finans Bankning mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuv-seminar tashkil etildi.

Seminarda kiber gigiyena va axborot xavfsizligi, shuningdek, biznes loyihalarni amalga oshirishda bank tomonidan taqdim etiladigan qulay taklif va imkoniyatlar muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning moliyaviy savodxonligini oshirish, zamonaviy xavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda universitet, talabalar va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, bu boradagi davlat dasturlari, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga doir tashabbuslar, kredit va subsidiya mexanizmlari hamda qonunchilikda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari to‘g‘risida aniq va manzilli targ‘ibot ishlarini tashkil qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir yoshlar uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
Unda kiber gigiyena, axborot xavfsizligi va biznes loyihalarni amalga oshirishda bankning qulay takliflari yuzasidan fikr almashildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment