2026-yil 23-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida sport tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida My.sport.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar normativ sport sinovlarini topshirishda faol qatnashdilar. Ishtirokchilar sport mashg‘ulotlari jarayonida o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, faolligi va jamoaviy birdamligini namoyish etdilar.
Mazkur sport tadbiri talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda jismoniy faollikni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.
Mas’ul: sport bo’limi uslubchisi Hamrayev E.Sh










