Universitetda talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari doirasida qizlar o‘rtasida stol tennisi bahslari yuqori ruh va murosasiz kurashlar ostida o‘tkazildi.
Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, tezkor fikrlashi, aniqligi va sport mahoratini namoyon etib, muxlislarga qiziqarli va shiddatli bahslarni taqdim etdilar.
Faxrli 1-o‘rinni F.M.TB.BTM va OHI fakulteti talabasi Bo‘sinboyeva Farangiz Abdulaziz qizi qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin F.M.TB.BTM va OHI fakulteti talabasi Kenjayeva Barno Azim qiziga nasib etdi.
3-o‘rinni esa Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti talabasi Zafarova Gulsanam Bexzod qizi egalladi.






