








2026-yil 20-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi hamda Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda “Tibbiyot tillari: lotin, o‘zbek, rus va ingliz tillarining ta’lim amaliyotidagi integratsiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda respublikamizdagi turli oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, Hindiston, Rossiya, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston va Boshqirdistondan yetakchi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar onlayn va offlayn formatda ishtirok etdilar.
Tadbir davomida tibbiyot ta’limida lotin, o‘zbek, rus va ingliz tillarini integratsiyalashning dolzarb masalalari muhokama qilinib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda innovatsion ta’lim metodlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zaro ilmiy va amaliy tajriba almashdilar.
Mazkur xalqaro anjuman tibbiyot ta’limida tillar integratsiyasini rivojlantirish, xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.
Rasmiy sahifalarimiz!