


2026-yil 22-23 may kunlari Urganch davlat tibbiyot institutida tibbiyot oliygohlari talabalari o‘rtasida “URGANCH-2030” III-xalqaro fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Unda, Toshkent davlat tibbiyot universitetining bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan 10 nafar talabalardan iborat jamoa ishtirok etdi.
Nufuzli xalqaro fan olimpiadasi natijalariga ko‘ra, ishtirok etgan barcha universitet talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, sovrinli o‘rinlarni egalladilar hamda diplomlar bilan taqdirlandilar:
Mirakbarov Mirolim Mirkarimovich — 1-Pediatriya fakultetining 4-bosqich talabasi — “Jarrohlik ” fanidan 1-o‘rin.
Toshpulatov Sarvarjon Bahromali o‘g‘li — Tibbiy pedagogika va davolash fakultetining 4-bosqich talabasi — “Otorinolaringologiya” fanidan 1-o‘rin.
Uraimjanova Ruxshona Ilhomjon qizi — 1-Stomatologiya fakultetining 3-bosqich talabasi — “Ortopedik stomatologiya” fanidan 1-o‘rin.
Toshpulatov Abdulaziz Yusufjon o‘g‘li — 2-Stomatologiya fakultetining 4-bosqich talabasi — “Terapevtik stomatologiya” fanidan 1-o‘rin.
Xalikova Dilnoza A’zamovna — 2-Davolash fakultetining 2-bosqich talabasi — “Biokimyo” fanidan 1-o‘rin.
Abdujalilova Munisa Alisherovna — Oliy hamshiralik fakultetining 3-bosqich talabasi — “Pediatriya va neonatologiya ” fanidan 1-o‘rin.
Ergashev Mirjalol Sherzod o‘g‘li — 3-Davolash ishi fakultetining 2-bosqich talabasi — “Mikrobiologiya” fanidan 1-o‘rin.
Nosirova Sevinch Nodirovna — 1-Davolash fakultetining 3-bosqich talabasi — “Pediatriya” fanidan 2-o‘rin.
Abdualieva Dilnoza A’zamjon qizi — 1-Stomatologiya fakultetining 3-bosqich talabasi — “Terapevtik stomatologiya” fanidan 3-o‘rin.
Hasanova Mexribonu Nizom qizi — Tibbiy pedagogika va davolash fakultetining 5-bosqich talabasi— “Akusherlik va ginekologiya” fanidan 3-o‘rin.
Universitet jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar va ularning ilmiy rahbarlarini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi hamda ularga kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Rasmiy sahifalarimiz!