2026-yil 23-may kuni ToshDavTU 3-Davolash fakulteti O’zbek va xorijiy tillar, pedagogika kafedrasi mudiri PhD v.b prof. Israilova M.N. va kafedra prof-o’qituvchilari bilan birgalikda “Gumanitar

bilimlarni klinik amaliyotga integratsiyalash, shifokor shaxsini shakllantirish masalalari” mavzusida xalqaro ishtirokdagi respublika ilmiy-amaliy anjumani yuqori saviyada o’tkazildi.
Anjumanda respublika hamda xorijiy oliy ta’lim va tibbiyot muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida: tibbiyot va gumanitar fanlar integratsiyasi,
shifokor shaxsini shakllantirish,
tibbiy kommunikatsiya va psixologik yondashuvlar,
zamonaviy klinik ta’lim muammolari va yechimlari yuzasidan dolzarb ma’ruzalar tinglandi hamda fikr almashildi.
Anjuman xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va tibbiy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy maydon bo‘ldi.
Tadbir barcha ishtirokchilar uchun mazmunli va samarali o‘tdi.

Leave a comment