O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, ERGO Analytics hamkorligida «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida Scopus va Web of Science jurnallariga maqola yozish bo’yicha bepul Yozgi maktab

o’tkaziladi

Ma’lumot uchun, Scopus va Web of Science — dunyo miqyosida eng nufuzli ilmiy bazalar bo’lib, ularning indeksidagi jurnallarga nashr etilgan maqolalar yuqori sifat va xalqaro tan olinish mezonlari sifatida baholanadi.

Yozgi maktab 2026-yil 9–11-iyun kunlari Toshkentda oflayn formatda o’tkaziladi. Ishtirokchilar tadqiqot mavzularini tanlash, akademik yozish, retsenziyalash jarayoni, SI vositalari, ekonometrik tahlil va Q1/Q2 jurnallarida muvaffaqiyat strategiyalari bo’yicha amaliy ko’nikmalarni egallaydi.
Shu munosabat bilan, PhD-doktorantlar, o‘qituvchilar, yosh olimlar va ilmiy maqolalar mualliflarini bepul yozgi maktabga taklif qilamiz.
O‘rinlar cheklangan.
Yozgi maktabda qatnashish uchun kanalga obuna bo‘ling va saralashdan o‘ting: t.me/publishlab_hive
Tel: +998 77 741 24 84
Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

Leave a comment