Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 3-kurs 317-guruh talabalari ishtirokida “Kutilmalar va natijalar” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

Mazkur trening universitet psixologi G.S. Jumanova tomonidan o‘tkazilib, unda talabalarga hayotda kutilmalar va real natijalar o‘rtasidagi farqni anglash, to‘g‘ri maqsad qo‘yish hamda o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Trening davomida ishtirokchilar o‘z kutilmalarini tahlil qilish, real va erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni belgilash, “kutilma va haqiqat” o‘rtasidagi tafovutni muhokama qilish hamda turli hayotiy vaziyatlarni tahlil qilish orqali muhim xulosalarga kelishdi.
Tadbir yakunida talabalar o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqib, yanada aniq va real maqsadlar sari intilish zarurligini anglab yetdilar.
Mazkur trening talabalarning psixologik barqarorligini oshirish, to‘g‘ri fikrlash va hayotiy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tyutor: G.A. Mirbabaeva

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment