Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalari ishtirokida Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar yurtimizda bunyod etilgan yirik ma’rifat maskani — Islom sivilizatsiyasi markazining boy tarixiy va ilmiy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Ta’kidlanganidek, mazkur markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, islom madaniyati, ilm-fan yutuqlari hamda ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish va targ‘ib etishda muhim o‘rin tutadi. Markaz ekspozitsiyalarida islom sivilizatsiyasining tibbiyot, astronomiya, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi keng yoritilgan.
Shuningdek, tashrif davomida talabalar noyob qo‘lyozmalar, tarixiy eksponatlar bilan tanishib, milliy me’morchilik an’analari asosida bunyod etilgan majmuaning o‘ziga xosligi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur ma’rifiy tashrif talabalarning tarixiy ongini yuksaltirish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda milliy va diniy merosga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
T
yutor F.M. Shamudinova

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment