
Bugun ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, telegram messenjerida ochilgan feyk akkauntlar orqali Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbarlari nomidan soha mas’ullariga soxta xabarnomalar yuborish holatlari tez-tez uchramoqda.
Xususan, so‘nggi paytlarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati nomidan yaratilgan ana shunday soxta profillar orqali universitet mas’ul xodimlariga turli yolg‘on axborot va noqonuniy ko’satma hamda topshiriqlar berilmoqda.
Ushbu feyk akkauntlar orqali:
turli iltimoslar;
topshiriqlar;
pul yoki shaxsiy ma’lumot so‘rash kabi xatti-harakatlar kuzatilyapti.
Shu o‘rinda universitetning barcha mas’ul rahbarlari va jamoasini ogohlikka chaqirib, bunday yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikni, axborot xavfsizligini ta’minlashga yanada jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘rab qoladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu soxta profillarni aniqlashning bir necha usuli bo‘lib, ulardagi barcha ma’lumotlar yopiq va yozishmalar yangidan boshlanadi. Shuningdek, mazkur akkauntlarga video va audio qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Agar Siz ham shunday holatlarga duch kelsangiz, zudlik bilan Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazigamurojaat qiling.
#ToshDavTU#fake#kiber_xavfsizlik
Rasmiy sahifalarimiz!