PREZIDENT VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARIGA TANLOV E’LON QILINADI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2026/2027 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari (Ibn Sino, Islom Karimov) tanlovining I-bosqichiga hujjatlar qabulini e’lon qiladi.

Nomzodlar uchun talablar:

Prezident stipendiyasi uchun: 1-bosqichdan boshlab barcha fanlari aʼlo (“5”) boʻlgan 5-bosqich bakalavriat va 2-bosqich magistratura talabalari.
Ibn Sino va Islom Karimov stipendiyalari uchun: 1-bosqichdan boshlab 25% gacha yaxshi (“4”) va kamida 75% aʼlo (“5”) baho boʻlgan 4-5-bosqich bakalavriat talabalari.

Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 20-iyun.
Ma’lumot uchun aloqa:
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiMas’ul: Karimova Ziyoda Kushbayevna
Telefon:+998 97 704 61 82

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment