









ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman Urganch davlat tibbiyot institutida tashkil etilib, unda ikki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xorijiy va mahalliy mutaxassislar faol ishtirok etdilar. Tadbir kirish qismida infeksion kasalliklar va jamoat salomatligini muhofaza qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Anjuman davomida yetakchi mutaxassislar tomonidan infeksion va parazitar kasalliklarning oldini olish, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash hamda jamoat salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, tadbir doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Urganch davlat tibbiyot instituti o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur xalqaro anjuman tibbiyot sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Rasmiy sahifalarimiz!