


Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda uning ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida mazkur Farmon doirasida ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, attestatsiya jarayonlarini shaffof va samarali tashkil etish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarga yangi tartib va yondashuvlar, ilmiy darajalar berish jarayonidagi yangiliklar hamda xalqaro standartlarga mos tizimni joriy etish bo‘yicha muhim tushuntirishlar berildi.
Mazkur seminar ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan rivojini jadallashtirish hamda Toshkent davlat tibbiyot universitetida ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimiz!