





Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining Yakuniy Davlat Attestatsiyasini tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 836-son Qarori, Toshkent davlat tibbiyot universitetining “2025/2026 oʻquv yili bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida” gi 2026-yil 4-maydagi 1859-son va “Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida” gi 2026-yil 1-iyundagi 2225-son buyruglarʼi ijrosini taʼminlash maqsadida “Tibbiy profilaktika ishi” taʼlim yoʻnalishi 2025/2026 oʻquv yili bitiruvchilarining mutaxassislik fanlaridan Yakuniy Davlat Attestatsiyasining ikkinchi bosqichi tashkil etildi.
Maʼlumot uchun: YADA Nizomiga koʻra “Tibbiy profilaktika ishi” taʼlim yoʻnalishida Yakuniy Davlat Attestatsiya 7 ta mutaxassislik fanlaridan 2 bosqichda amalga oshiriladi.
Yakuniy Davlat Attestatsiya bosqichlari:
mutaxassislik fanlaridan integral test sinovi
mutaxassislik fanlaridan OSI
Mutaxassislik fanlari:
Epidemiologiya
Kommunal gigiyena
Mehnat gigiyenasi
Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi
Ovqatlanish gigiyenasi
Radiatsion gigiyena
Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya
OSI sinovlari mobaynida bitiruvchilar “Tibbiy profilaktika ishi” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 2021/2026 oʻquv yillari davomida Davlat taʼlim standarti va Namunaviy oʻquv rejadagi mutaxassislik fanlari boʻyicha egallagan bilim va ko’nikmarini namoyish etishmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz: