
Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi
10-iyundan 2026/2027 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.
Abituriyentlar tizimda ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
3,5×4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat (tug‘ilganlik haqida guvohnoma yuklanganda (PDF, JPEG); O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Qabul jarayonlari 10-iyulga(shu kuni ham) qadar davom etadi.
*Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Maslahat markazlari” orqali olish mumkin.
*Eslatma:
Qabul kvotasi bu yerda Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda
Bizni kuzating