Toshkent davlat tibbiyot universitetida bitiruvchi bosqich talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiya jarayoni davom etmoqda

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-Davolash fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun tashkil etilgan OSKI yakuniy davlat attestatsiyalari tartibli va samarali tarzda o‘tkazilib, belgilangan reja asosida davom etmoqda.

Yakuniy Davlat Attestatsiyasida Hay’at raisi Asqar Adilxodjayev, raisi muovinlari Jahongir Shamsiyev va Malika Raimova, kotiba Shahnoza Hikmatullayeva, 3-Davolash fakulteti dekani Ezozbek Rizayev, Biotibbiyot muxandisligi, informatika va biofizika kafedrasida katta o’qituvchisi Sh.Abduganiyeva, 3-davolash fakulteti dekan muovini Dilshoda Yuldasheva ishtirok etdilar.

Imtihon jarayonida talabalar egallagan nazariy bilimlari, amaliy tayyorgarligi va kasbiy kompetensiyalarini namoyish etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.
Mazkur yakuniy baholash bosqichi kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment