Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi xalqaro yoshlar hamkorligi muloqotlarida ishtirok etdi

Turkiya Respublikasining Istanbul, Ordu, Giresun va Trabzon shaharlari bo‘ylab tashkil etilgan tashrifi doirasida O‘rdu viloyati Yoshlar va sport ishlari direktori Hakan Yüksel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, yoshlar siyosati, yoshlar almashinuvi dasturlari hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

E’tiborlisi, mazkur delegatsiya tarkibida Toshkent davlat tibbiyot universitetining talabasi, “Ekomed” klubi rahbari Ayubxon Sirojiddinov ham qatnashdi. U ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining Bandlik, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.
Universitet talabasi tomonidan xalqaro maydonda mamlakatimiz yoshlari manfaatlarini ilgari surish, yoshlar hamkorligini rivojlantirish va tajriba almashish jarayonlarida faol ishtirok etilayotgani Toshkent davlat tibbiyot universiteti talaba-yoshlarining salohiyati va faolligining yana bir amaliy ifodasidir.
Tomonlar yoshlar almashinuvi, qo‘shma loyihalar va istiqboldagi hamkorlik tashabbuslari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Ushbu uchrashuv O‘zbekiston va Turkiya yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim qadam bo‘ldi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment