Bitiruvchi – 2026”: yangi avlod shifokorlari katta hayotga kuzatildi

15-iyun kuni Toshkent shahridagi “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2026” tantanali bitiruv marosimi tashkil etildi. Mazkur tadbir minglab yosh mutaxassislar hayotidagi eng muhim va masʼuliyatli bosqichlardan biriga aylandi.
Marosimda oliy taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimi vakillari, universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida bitiruvchilarning taʼlim yillaridagi yutuqlari, ilmiy va amaliy faoliyati aks etgan videolavhalar namoyish qilinib, universitetning eng faol va iqtidorli talabalari eʼtirof etildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178797
На руcском
In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Leave a comment